13:48 / 16.05.2020
46135
Sirdaryoda yangi uylarni qurish ishlari bilan uchta kompaniya shug‘ullanadi

Sirdaryo viloyatida Xalqaro press-klubning sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Sardoba suv omboridagi hodisa haqida so‘z yuritilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirda mas'ullarga amalga oshiriladigan qurilish ishlaridagi tender haqida savol berildi. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatovning aytishicha, hozirgi kunda quriladigan 3ta joydagi quruvchilar aniqlangan.

«Zudlik bilan qurish kerak bo‘ladigan, eng salohiyatli va aholiga to‘g‘ri keladigan, aholi tomonidan juda ham tez sotib olingan uylar..., shularni hisobga oldik. 

Uni kim qurganligini o‘rganib..., «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi 20ta uyni Whitecity Construction quradi. U kompaniya Chilonzor tumanidagi Oqtepada, Sergeli tumanida monolit uylar qurgan va Talabalar shaharchasida o‘qituvchilar uchun uylar qurgan. Bu kompaniyaning uy-joy qurganida narxlari ham, mutaxassislari ham to‘g‘ri keladi. Ko‘p mutaxassislari yangi texnologiya bo‘lgani uchun turklardan iborat.

Bu birinchisi. Ikkinchisi - «EkoPark» korxonasi. Bu «Tapoich» hududining ro‘parasida ekouylar qurilyapti, Taraqqiyot ko‘chasidan yangi ko‘prikkacha, o‘sha yerda qurilish olib borgan kompaniya.

Uchinchisi - «Gold step invest». Bu korxona juda ko‘p uylar qurgan, bittasi Qorasuv dahasida Milliy gvardiya uchun yoki boshqa xodimlar uchun qurilayotgan uylar. Shuningdek, «Al-Xorazmiy» maktabini ham shu korxona qurgan.

Shu uchta korxona tanlab olinib, ularga asosiy shartlar qo‘yilib, tezlik bilan zamonaviy, energiya tejamkor va sifatli uylar qurish qo‘yilgan. Hozirgi kunda loyihalash ishlari bilan parallel ravishda mobilizatsiya ishlarini boshlab yuborishgan. Ularning narxi boshqalarga nisbatan arzonroq», - dedi Sherzod Hidoyatov. 

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top