15:55 / 17.05.2020
26710
Buxoroda ikki bemor qoldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Buxoro, Andijon va Toshkentda jami 32 kishi koronavirusdan tuzalgani haqida xabar berdi. Xususan, Buxoro viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Buxoro viloyatida tuzalganlarning barchasi ushbu hududdan (5 nafari Buxoro shahridan, 1 nafardan Kogon va G‘ijduvon tumanlaridan) bo‘lib, barchasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol, eng yoshi kattasi 52, yoshi kichigi esa 3 yoshda.

Buxoro viloyatida shu paytga qadar 433 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 440 nafarga yetdi. Ayni paytda shifokorlar viloyatdagi 2 nafar bemorga tegishli standartlar bo‘yicha davo choralarini ko‘rishmoqda.

Qayd etish kerakki, Buxoro viloyatida 9 may kunidan buyon yangi kasallanish holatlari qayd etilmayapti.

Andijon viloyatida bir kishiga javob berildi. Paxtaobod tumanidan bo‘lgan 42 yoshli erkak uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisidir. Viloyatda shu paytga qadar 162 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 163 nafarga yetdi. Viloyatda yana 7 bemor qoldi.

Bugun shuningdek Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Bu yerda tuzalganlarning 9 nafari kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. 2 nafar fuqaro Sharja-Toshkent yo‘nalishidagi charter reysda BAAdan olib kelingan, 12 nafar fuqaro Tojikistondan kelgan va 1 nafari uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ularning barchasi karantinga olingan va koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning orasida 6 nafardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan, 5 nafari Surxondaryo viloyatidan, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan va 1 nafari Xorazm viloyatidan. Ulardan 13 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 709 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 733 nafarga yetdi.

  • 17 may holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2746taga yetgan, shu vaqtgacha 2245 kishi tuzalgan, 12 kishi vafot etgan, ayni vaqtda shifoxonalarda 489 bemor davolanishni davom ettirmoqda.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top