10:01 / 17.05.2020
30408
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2741taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 3 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 17 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2741 nafarni tashkil qilmoqda. », deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni damda O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2 213 nafarni tashkil etmoqda.

Mamlakatimizda bugungi kunda 517 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 7 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir. 

16 may kuni 52 kishida koronavirus aniqlandi, 55 kishi virusdan tuzalib, reabilitatsiyaga yuborildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top