12:51 / 18.05.2020
11652
Buxoroda akasining uyiga o‘g‘irlikka tushgan uka ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 15 may kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida yashovchi I.B. IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, u shu yil 18 aprel soat 12:00larda noma'lum shaxs uyidan 1 000 AQSh dollari va umumiy qiymati 1 100 000 so‘mlik erkaklar qo‘l soatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni I.B.ning ukasi Z.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

Top