23:28 / 18.05.2020
1793
Fransiya va Germaniya iqtisodiyotni tiklash uchun 500 mlrd dollarlik fond tashkil qilmoqchi

Fond Yevropa ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotini tiklashni tezlashtirishda yordam beradi, mablag‘lar eng ko‘p jabr ko‘rgan soha va hududlarga yo‘naltiriladi.

Foto: Michel Euler / AP

Fransiya va Germaniya koronavirusdan jabr ko‘rgan mamlakatlarga yordam berish orqali Yevropa iqtisodiyotini tiklash uchun fond tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron videokonferensiya vaqtida ana shunday qarorga keldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Merkel matbuot anjumanida fondning umumiy hajmi 500 mlrd dollarni tashkil etishini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fondning asosiy maqsadi Yevropa mavjud inqirozdan chiqishi uchun yo‘l yaratishdir.

Uning qayd etishicha, fond Yevropa ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyotini tiklashni tezlashtirishda yordam beradi, mablag‘lar «eng ko‘p jabr ko‘rgan soha va hududlarga yo‘naltiriladi».

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya qaysi sohalar mablag‘ga muhtoj ekanligi borasida tahlil o‘tkazadi. 

«Tahlil olib borilmoqda va taklif bilan birga taqdim etiladi, biz birgalikda mablag‘ni qayerga yo‘naltirishni maslahatlashamiz», — dedi Merkel.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top