19:24 / 18.05.2020
20853
O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 2300dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent bemorlarning navbatdagi guruhi koronavirusdan sog‘aygani to‘g‘risida xabar berdi.

Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 39 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Tuzalganlarning 3 nafari Tojikiston Respublikasidan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 66 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshli egizaklardir. 

Toshkent shahrida shu paytga qadar 733 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 772 nafarga yetdi. 

Bundan avvalroq Namangan va Samarqandda jami 28 kishi koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatilgani xabar qilingandi.

Shunday qilib, bugun jami 67 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Shuningdek, 26ta yangi zararlanish holati qayd etildi.

Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2314 nafarni tashkil qilmoqda. Shifoxonalarda yana 452 bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top