10:06 / 18.05.2020
27685
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2762taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 9 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 18 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2762 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilgan 9ta yangi kasallanish holatlarining 3 nafari xorijdan kelgan fuqarolarda (ulardan 2 nafari charter reysi orqali BAAdan olib kelingan va 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan) hamda 6 nafar (barchasi Navoiy viloyatidan) oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

17 may kuni 15 kishida koronavirus aniqlangan, 34 nafar bemor tuzalgandi.

Shu vaqtgacha 2247 kishi koronavirus infeksiyasidan to‘liq tuzalgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 81 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 503 bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top