16:04 / 18.05.2020
25533
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2779taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 17 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 18 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2779 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining barchasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan. 

Bugun hozircha 26ta yangi holat qayd etildi, 46 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan tuzalganlar soni 2293 nafarga yetdi.

Ayni paytda 473 nafar bemor shifonalarda davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top