23:04 / 18.05.2020
18858
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2800ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 12 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 18 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2791 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 8 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 1 nafari Tojikistondan kelib, karantinga olingan, 3 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Bugun jami 38ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 67 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda yana 464 bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top