21:33 / 18.05.2020
32910
Samarqandda uchta tumanda IIB boshlig‘i o‘zgardi

Samarqand viloyatining Narpay, Paxtachi va Ishtixon tumanlarida ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari o‘zgardi.

Mayor Ulug‘bek Anvarovich Xalimov Samarqand viloyati Narpay tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Xalimov IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi katta tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.

Ulug‘bek Xalimov

Narpay tumani ichki ishlar bo‘limiga 2017 yil avgustidan buyon podpolkovnik Tojiddin Eshnazarov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Mayor Sirojiddin Sa'dullayevich Ortiqov Samarqand viloyati Paxtachi tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u viloyatning Ishtixon tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sirojiddin Ortiqov

2018 yil avgustidan podpolkovnik Botirali Sanaqulov Paxtachi tumani IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi edi.

O‘z navbatida Sirojiddin Ortiqov o‘rniga Ishtixon tumaniga podpolkvonik Surach Sadredinovich Sharipov yangi boshliq etib tayinlangan.

Surach Sharipov

U bungacha Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Top