14:30 / 18.05.2020
1811
TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan fuqarolar qabuli tiklandi

Qabul amalga oshirilayotgan binoga kirish yo‘laklari pirometr va antiseptik vositalari bilan ta'minlangan. 

2020 yil 18 maydan boshlab O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti tomonidan sanitar-gigiyenik norma talablariga rioya qilgan holda fuqarolar qabuli tiklandi. 

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bu respublikada epidemiologik holat barqarorlashgani va karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatilayotgani hamda aholiga uzluksiz konsullik-huquqiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.

Bildirilishicha, qabul amalga oshirilayotgan binoga kirish yo‘laklari pirometr va antiseptik vositalari bilan ta'minlangan. Fuqarolar qabuli ijtimoiy masofa (2 metr) saqlangan va shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqob, bir martalik qo‘lqop va antiseptik vositalar) foydalangan holda yo‘lga qo‘yiladi.

Qabul vaqtlari: 10:00 dan 12:00 gacha va 14:00 dan 17:00 gacha.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top