09:07 / 18.05.2020
8052

Toshkent viloyatida yo‘l yoqasida mototsikl yetaklab ketayotgan piyoda YTH qurboni bo‘ldi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 12 may kuni soat 08:00da haydovchi, 49 yoshli B.N. boshqaruvidagi “Gaz-53” rusumli yuk avtomashinasini “To‘ytepa-Oqqo‘rg‘on-Yangiyo‘l” avtomobil yo‘li bo‘ylab Oqqo‘rg‘on shahri tomondan, Nurafshon shahri tomonga boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u ushbu yo‘lning 16-kilometrida, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil yo‘lini o‘ng chetidan, harakat oqimiga qarab uch g‘ildirakli mototsiklini yetaklab ketayotgan fuqaro, 31 yoshli Sh.I.ni avtomashinaning oldi qismi bilan urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, fuqaro Sh.I. turli darajadagi tan jarohatlari bilan Oqqo‘rg‘on tuman Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top