12:15 / 18.05.2020
14001
Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda, avtomobillarni xavfsiz joyga qo‘yish so‘raldi

Poytaxtda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda.

Joriy yilning 18 may kuni poytaxtda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Bildirilishicha, bu, o‘z navbatida, daraxt va ularning shoxlarini sinishi, mustahkam o‘rnatilmagan turli konstruksiyalarning joyidan qo‘zg‘alishiga, shikastlanishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan insonlar va avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.

“Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni, kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasligingizni, uyda qolishingizni so‘raymiz. O‘zingiz va mulkingizni baxsiz hodisalardan asrang”, - deyiladi ma'lumotda.

Top