16:13 / 18.05.2020
8204
Xitoy pandemiya hali tugamagan va surishtiruv o‘tkazishga erta deb hisoblaydi

Avvalroq Avstraliyaning koronavirus tarqalishi sabablarini mustaqil o‘rganish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini 110dan ortiq davlat qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi.

Foto: Reuters

XXR hukumati pandemiya tugamagunicha koronavirus paydo bo‘lishi va tarqalishi yuzasidan surishtiruv o‘tkazishga erta deb hisoblaydi. Hozirda asosiy vazifa butun dunyoda virusga qarshi birgalikda kurashish, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan.

"Ko‘plab davlatlar pandemiya hali tugamagan deb hisoblaydi va hozirda asosiy vazifa virusga qarshi birgalikda kurashish. Zudlik bilan surishtiruv o‘tkazishni vaqti emas", - dedi u.

Avvalroq Avstraliyaning koronavirus tarqalishi sabablarini mustaqil o‘rganish to‘g‘risidagi chaqirig‘ini 110dan ortiq davlat qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi.

The Australian nashrining yozishicha, mamlakat tashqi ishlar vaziri Maris Peyn "jahon kelgusida bunday halokatlarning oldini olishi uchun pandemiya keltirib chiqargan inqiroz holatlari bo‘yicha savollarga javob olishni istaydi" degan.

Kanberraning taklifini 116ta davlat qo‘llab-quvvatlagan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 4,8 milliondan oshgan, 316 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top