22:53 / 18.05.2020
25761

Xitoyda 108 mln kishi yana karantinga olindi

Xitoy shimoli-sharqidagi 108 mlndan ko‘proq kishi hukumat koronavirusning yangitdan avj olishi sababli qabul qilgan karantin choralari ostiga tushdi. 

Foto: Zhang Nan / Xinhua / AP

Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Tszilin provinsiyasida koronavirusga chalinish bo‘yicha 34 ta yangi holat qayd qilingani sababli avtobus va temir yo‘l qatnovi to‘xtatilgan, maktablar yopilgan. “Xitoyning bunday tezkor va kuchli munosabati u katta iqtisodiy va ijtimoiy sarflar bilan virus tarqalishini to‘xtatgandan keyin uning ikkinchi to‘lqini oldidagi qo‘rquvini aks ettiradi. Bu, shuningdek, Xitoy va boshqa davlatlar ochilishi jarayoni qanchalik mo‘rt ekanligi alomatidir, chunki infeksiyaning yana paydo bo‘lishiga kichik shama ham qat'iy izolyatsiyaga qaytishga undashi mumkin”, deb yozgan agentlik.

Virus tarqalishining yangi o‘chog‘i sifatida Tszilin viloyati va uning shu nomdagi markazi aytilmoqda. Ushbu hudud Xitoyning katta qismi fevral va mart oylarida uchragan qat'iy to‘silishga uchramoqda.

Provinsiyada infeksiya avj olgani haqida South China Morning Post nashri ham xabar bergan. Nashrda ta'kidlanishicha, hukumat provinsiyada joylashgan Shulan shahrini to‘liq yopib qo‘ygan, Tszilin shahri ham qisman yopilgan. Provinsiyaga bosh vazir o‘rinbosari boshchiligidagi hukumat komissiyasi jo‘natilgan. Shuningdek, 6 nafar mahalliy amaldor, jumladan kommunistik partiyaning Shulandagi qo‘mitasi va shaharning sog‘liqni saqlash komissiyasi rahbarlari o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.

Shaharda, shuningdek, qat'iy karantin choralari kiritilgan. Jumladan, oiladan bir odamga uydan ikki kunda bir marta 2 soatga xaridlar uchun chiqishga ruxsat beriladi. Nafaqat Shulanga, balki yaqin atrofdagi shaharlar va posyolkalarga kirish-chiqish taqiqlangan, shahar o‘rab olingan.

Xitoyning sog‘liqni saqlash komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 17 may kuni mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha 7 yangi holat qayd qilingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top