15:14 / 18.05.2020
97116
Yo‘lovchilar uchun koronavirusga test topshirish narxi ma'lum qilindi

Poyezd yoki samolyot orqali harakatlanishni xohlaganlarda 120 soatdan, ya'ni 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo‘qligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma bo‘lishi kerak.

Foto: Zuma\TASS

AOKAda o‘tkazilgan onlayn brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov tomonidan ma'lum qilinishicha, test topshirish narxi 224 ming so‘m etib belgilangan.

«O‘zbekistonda koronavirus uchun test topshirish bepul amalga oshiriladi. Biroq avia va temiryo‘llar orqali yo‘lovchilarning harakatlanishi uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan vaqtinchalik alohida tartib ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, poyezd yoki samolyot orqali harakatlanishni xohlagan fuqarolarda 120 soatdan, ya'ni 5 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat oralig‘ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo‘qligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma bo‘lishi kerak», deydi Nurmat Otabekov.

Uning ta'kidlashicha, yo‘lovchilarning test topshirish tartibi to‘g‘risida 16 mayda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining qarori qabul qilingan.

«Qarorga ko‘ra, test topshirish narxi 224 ming so‘m etib belgilangan. Testni respublikadagi OITSga qarshi kurash markazlari va sanitariya-epidimiologiya osoyishtaligi markazlari orqali topshirish mumkin», dedi u.

Eslatib o‘tamiz,  avvalroq O‘zbekistonda hududlararo transport harakatiga 18 may kunidan boshlab ruxsat berilgandi va avia va temiryo‘l reyslariga chiqish istagida bo‘lgan fuqarolar koronavirus uchun test topshirishi lozimligi ma'lum qilingan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top