18:30 / 19.05.2020
2758
I chorakda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi pasaydi

2020 yil yanvar-mart oylarida Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo hajmi 612 million dollarni tashkil etdi, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga past.

Foto: TASS

Bu haqda «Interfaks-Qozog‘iston» agentligiga «QazTrade savdo siyosatini rivojlantirish markazi» AJ matbuot xizmati ma'lum qildi.

«O‘zaro savdo hajmining salbiy o‘sishi Qozog‘iston eksportining kamayishi bilan bog‘liq. Joriy yilning I choragida neft mahsulotlari, mis rudalari, kungaboqar urug‘lari kabi mahsulotlar eksporti kamaydi», - deyiladi xabarda.

Hisobot davrida Qozog‘iston tovarlarining O‘zbekistonga eksporti 5,2 foizga kamayib, 464,8 million dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, Qozog‘istondan O‘zbekistonga import 12,2 foizga o‘sib, 147,2 million dollarga yetdi.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonga eksportning pasayishi neft mahsulotlari (4,8 baravarga - 7,6 mln. AQSh dollarigacha), mis rudalari va konsentratlarning (44 baravar, 22 mln. AQSh dollaridan 0,5 mln. AQSh dollarigacha) va kungaboqar urug‘i (2,6 baravar, 9,4 mln) kabi tovarlarni yetkazib berish hajmining kamaygani bilan izohlanadi. 

Top