14:46 / 19.05.2020
5246
Mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo‘yicha maxsus komissiyaning 6 maydagi yig‘ilish bayoniga asosan joriy yilning 8 may kunidan boshlab respublika hududida karantin bo‘yicha cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi belgilangandi.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning qonuniy huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadida, 15 may sanasidan boshlab mahkumlarga posilka va banderollarni yetkazib berishga ruxsat berilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top