15:46 / 19.05.2020
6230
O‘zbekiston va Turkiya ayrim tovarlarga bojxona bojlarini bekor qilishni ko‘rib chiqmoqda

Investitsiya va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi Bitimni imzolash shartlari bo‘yicha videokonferensiya orqali 5-tur muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatlar tomonidan tegishli vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etdi, deb ma'lum qildi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

Qayd etilishicha, Bitim asosida muayyan buyumlarga nisbatan bojxona bojlari qo‘llanilmaydi yoki ularning stavkasi sezilarli darajada pasaytiriladi.

Muzokaralarda Bitim loyihasi moddalari ko‘rib chiqilmoqda va imtiyozli savdo rejimi qo‘llanilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston va Turkiyada ishlab chiqarilgan tovarlarning ro‘yxatlari o‘rganilmoqda.

Foto: Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi

«Turk tomoni Turkiya savdo vazirligi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi uchun zarur texnik yordam berishga, shu jumladan, dempingga qarshi va kompensatsiya bojlarini, himoya choralarini qo‘llash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlarini subsidiyalash mexanizmlari masalalari bo‘yicha maslahat berishga tayyor ekanini bildirdi», – deyiladi xabarda.

Foto: Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil fevraldagi Turkiyaga tashrifi vaqtida tomonlar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazishga kelishib olgan edi.

Top