16:06 / 19.05.2020
27735
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2825taga yetdi 

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 23 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 19 may soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2825 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangidan kasalligi tasdiqlangan bemorlarning barchasi xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlandi. Ularning 18 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan kelgan bo‘lsa, qolgan 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi.

Bugun hozircha 34ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 24 bemor sog‘aydi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 2338 kishi koronavirusdan sog‘aygan, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda mamlakatning 9 hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 474 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top