23:00 / 19.05.2020
24635
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2855taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 30 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 19 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2855 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 24 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan shaxslar orasidan qayd etildi (ularning 19 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 5 nafari 15 may kuni Qozog‘istondan kelgan). 

Bugun jami 64ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 24 bemor sog‘aydi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda jami 2338 kishi koronavirusdan sog‘aygan, mamlakatning 9 hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida 504 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top