08:48 / 19.05.2020
2929
O‘zbekistonda xizmatlar sohasi bo‘yicha statistika ochiqlandi

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni egallaydi. 

2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi – 66,2 foiz, sanoat - 17,2 foiz, qurilish - 9,0 foizga yetdi va atigi 7,6 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni (40,1 foiz) egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,7 foizni tashkil etdi. 

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,7 foizga yetdi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi. 

Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida kichik tadbirkorlik sub'yektlarining hissasi 77,6 foizga to‘g‘ri keladi. 2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, yirik tashkilotlar ulushi 22,4 foizni tashkil etdi. 

2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'yektlari soni 37 449 taga ko‘paydi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 60,01 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi bor yo‘g‘i 4,4 trln so‘mga oshdi. 

Top