22:34 / 19.05.2020
23631

Rossiyalik boylar orasida bunker sotib olishga talab oshdi - Forbes  

Yerosti bunkerining narxi 10 mln rubldan boshlansa, xavfsizlik xonasining narxi 3 mln rubl turadi.

Foto: Vivos

Forbes  jurnalining yozishicha, birgina shu yilning o‘zida Amerikaning Rising S Company kompaniyasi narxi 150 ming dollar bo‘lgan, to‘liq jihozlangan va yadroviy zarralarni filtrlash imkoniga ega ikkita boshpana sotgan.  

Rossiyalik mijozlarning buyurtmalari haqida Kaliforniyadagi Vivos kompaniyasi ham ma'lum qilgan. Aytilishicha, pandemiya boshlanganidan beri bunkerlarga bo‘lgan talab 1000 foizdan ortiqroqqa oshgan.

Rossiyadagi himoya qurilmalari tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarga ham buyurtmalar soni oshgan. «Spetsgeoproyekt» kompaniyasi vakili Danila Andreyevning so‘zlariga ko‘ra, aprelda beshta buyurtma berilgan, odatda kompaniya bir oyda bitta obektga buyurtma oladi. Asosiy buyurtmachilar Moskva, Moskva oblasti, Sankt-Peterburgda yashaydiganlardir.

Andreyevning aytishicha, mijozlar ko‘proq bunkerlarga emas, xavfsizlik xonalariga qiziqish bildirmoqda. Bunday xonalarda germetik eshik va deraza, avtonom energiya ta'minoti va aloqa mavjud. Ular kasallik yuqishi hamda jangovar va zaharli gazlardan himoya qiladi. Yerosti bunkerining narxi 10 mln rubldan boshlansa, xavfsizlik xonasining narxi 3 mln rubl turadi.

O‘z navbatida, «Bunkerstroy» kompaniyasi 7,6 mln rublga radioaktiv chang, zaharli moddalardan himoya qiluvchi, sanuzel va kanalizatsiya, aloqa va isitish tizimlariga ega 60 metrli xonalarni sotmoqda.

Mavzuga oid
Top