12:51 / 19.05.2020
8581
Toshkentda IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari biriktirildi

16 may - 18 may kunlari Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda 223 nafar oilalar o‘rganilib, 173 nafar profilaktik hisobda turuvchi ayollar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Foto: IIBB axborot xizmati

2020 yil 16 may kuni Toshkent tajribasi sifatida tuman IIOFMB boshlig‘i farmoyishiga asosan IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga hududning kriminogen vaziyatidan kelib chiqib jami 36 nafar Toshkent shahar Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari biriktirildi.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zaro hamkorlikda Toshkent shahrida xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, oila-turmush doirasidagi hodisalar yuzasidan xar bir oilaga kirib, ularning muammolarini, oilaviy nizolarini hal etish choralari ko‘rilmoqda. 

“Shuningdek, oilaviy janjalkashlar, farzand tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchilar, muqaddam sudlanganlar, jinoyat sodir etganlar, probatsiya nazoratida turganlar, giyohvandlar, spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, tajovuzkor ruhiy kasal ayollar bilan profilaktik chora tadbirlar o‘tkazishda, zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollarga nizoli holatlarda himoya orderi rasmiylashtirishda Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilarining kuch vositalaridan foydalanilmoqda va bu o‘zining ijobiy samarasini bermoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Joriy yilning 16 may kuni Toshkent shahrining barcha tumanlarida Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda, 48 nafar sodir etilgan oilaviy nizolar kelgusida huquqbuzarlik va jinoyat bo‘lishini oldini olish maqsadida, ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularga himoya orderlari berildi. 18 may kuni esa zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan 52 nafar ayolga o‘zaro hamkorlikda himoya orderlari berildi.    

Bundan tashqari, 16 may - 18 may kunlari Milliy gvardiya ayol harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda 223 nafar oilalar o‘rganilib, 173 nafar profilaktik hisobda turuvchi ayollar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Top