13:00 / 19.05.2020
13131
Toshkentdagi «Britaniya menejment universiteti» talabalarni qabul qilishga tayyor

2020 yilning may oyi boshida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri tomonidan Toshkentdagi Britaniya menejment universitetini ochish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu mustaqil, nodavlat OTM bo‘lib, moliya sohasida jahon darajasidagi biznes yetakchilarini, biznes boshqaruvi (mutaxassisligi bilan) hamda xalqaro moliyaviy tahlil va audit bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlaydi. Ta'lim Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya va boshqa inglizzabon mamlakatlaridan taklif etilgan til egalari tomonidan to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

Universitetning muhim afzalligi Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Germaniya, Rossiya va Xitoy kabi davlatlarning oliy ta'lim maskanlarida tajriba orttirgan haqiqiy xalqaro jamoa hisoblanadi.

Universitet o‘qituvchilari orasida Kembrij, Garvard, Massachusets texnologiya instituti (MIT), London iqtisodiyot maktabi kabi ta'lim maskanlarida ilmiy daraja olishga muvaffaq bo‘lgan xorijiy mutaxassislar mavjud; 90 foiz professorlar QS 2020 xalqaro reytingi top-100 ro‘yxatiga kirganlar (qaralsin: www.bmu-edu.uz, "Jamoa / Professor va o‘qituvchilar" bo‘limi).

"Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti va Buyuk Britaniyaning Reding universiteti delegatsiyalarining O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuvi"

2020 yilning sentabr oyidan boshlab birinchi kurs talabalari Buyuk Britaniyaning eng yaxshi standartlari asosida ishlab chiqilgan «Foundation» dasturi bo‘yicha o‘qishni boshlaydilar. Dastur doirasida talabalar Akademik ingliz tili, Biznes va menejmentga kirish, Biznes uchun ITga kirish va Biznesdagi miqdoriy usullar bo‘yicha ta'lim ola boshlaydilar.

Universitet bitiruvchilarga nafaqat ish bilan ta'minlashni kafolatlaydigan talabgir mutaxassisliklarni taklif etadi, balki ularning dunyoning istalgan davlatida raqobatdosh bo‘lishlariga imkon beradi. O‘qishning ikkinchi yilidan (2021-2022) boshlab quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish boshlanadi:

· «Moliya va investitsiyalar»

· «Xalqaro moliyaviy tahlil va audit»

· «Biznes boshqaruvi» quyidagi yo‘nalishlardan biri mutaxassisligi bilan:

- Loyihalar boshqaruvi,

- Xalqaro logistika va savdo,

- Raqamli marketing,

- Turizm va mehmonxona menejmenti.

Universitetga kirish uchun IELTS ≥ 5.0 sertifikatini taqdim etish, matematika bo‘yicha (BMU Mathematics Assessment) testni muvaffaqiyatli topshirish hamda o‘qituvchilar va til egalari bilan suhbatdan o‘tish lozim.

«Yuzaga kelgan vaziyat tufayli IELTS imtihonini topshirish imkoniyati bo‘lmagan abituriyentlarga ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha (BMU English Language Assessment) testdan o‘tish va shu yilning o‘zida Foundation kurslariga kirish imkoni beriladi», – deb bayonot berdi universitet rektori, Professor Konrad Ozog.

Abituriyentlarga matematika va ingliz tilidan imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishga yordam berish uchun universitet tomonidan online-trenajyerlar ishlab chiqilgan, saytda 2020 yilning 18 mayidan boshlab ulardan foydalanish mumkin.

Universitetga kirish bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni www.bmu-edu.uz saytining «Qanday qilib kirish mumkin?» bo‘limiga tashrif buyurish, Universitetning sayti yoki ommabop ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga so‘rovnoma yuborish orqali olish mumkin.

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Telegram-bot: t.me/BMUedubot
Facebook: fb.com/bmeducation
Instagram: @bmu_edu

e:mail: info@bmu-tashkent.org

Reklama huquqi asosida

Top