15:13 / 20.05.2020
14146
Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 5 milliondan oshdi

Kasallik yuqtirish va o‘limlar soni bo‘yicha AQSh yetakchi bo‘lib turibdi - 1 570 583 kishi kasallikka chalingan, 93 533 kishi vafot etgan.

Foto: PA MEDIA

Dunyo bo‘yicha yangi turdagi koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni  5 milliondan oshdi. Worldometer saytining 14.45 dagi ma'lumotiga ko‘ra, kasallik yuqtirish tasdiqlangan holatlar 5 003 155tani tashkil etgan.

Vafot etganlar soni 325 218taga yetgan, 1 970 918 kishi sog‘aygan.

Kasallik yuqtirish va o‘limlar soni bo‘yicha AQSh yetakchi bo‘lib turibdi - 1 570 583 kishi kasallikka chalingan, 93 533 kishi vafot etgan. Rossiya 308 705 nafar bemor va 2972ta o‘lim bilan ikkinchi o‘rinda. 

Mutaxassislarning hisoblashlaricha, kasallikka chalinganlar soni aslida ancha ko‘p bo‘lib, statistikada faqat aniqlangan holatlargina hisobga olingan.

Jons Xopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra esa, dunyo bo‘yicha kasallikka chalinganlar soni 4 913 761 kishiga yetgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top