19:00 / 20.05.2020
8343

Jamoa bir oila bo‘lsa: Rozmetov kolbasalar ishlab chiqaruvchisi mutaxassislar va iste'molchilar e'tirofiga ko‘ra «Kolbasa mahsulotlari» nominatsiyasida yil brendi deb topildi

Sinovli kunlarda oddiy quvonchlarning qadri baland. Qarindoshlar tabassumi, yaqinlar g‘amxo‘rligi, bir-birimizga ko‘rsatgan mehrimiz. Aynan shunday oilaviy davrada Rozmetov jamoasi «Kolbasa mahsulotlari» toifasida «Yil brendi» mukofoti sohibi bo‘lganidan xabardor bo‘ldi.

«Hakamlar xay'ati mutaxassislari va iste'molchilardan bunday e'tirofga erishish ulkan rag‘bat bilan birga, yuksak darajani saqlash, shijoatni pasaytirmaslik, yangi va mazali kashfiyotlar qilish uchun ulkan mas'uliyatni ham yuklaydi», - dedilar kompaniya vakillari.

Bu brendning ilk mukofoti bo‘lmasa-da, o‘zgacha esda qolarli bo‘ldi, chunki butun jamoa karantin davrida murakkab sharoitda ishni davom ettirmoqda.

– Bu bizga o‘zgacha xursandchilik baxsh etdi deyish kamlik qiladi. Katta Rozmetov oilasining bir qismi ekanligimiz, xayrli ishlar uchun harakat qilishimiz va umumiy ishga o‘z hissamizni qo‘shayotganligimizni bilish juda quvonchli, - deya izoh berishdi Rozmetovlar.

Nominatsiya g‘olibi bo‘lgan jamoaning butun ahil oilasi Adweek Brand award 2019 mukofoti doirasida o‘z ovozini brendga ishonib bergan har bir iste'molchiga hamda har kuni Rozmetov mahsulotlarini tanlayotganlarga minnatdorlik bildiradi.

Instagram: @rozmetov.uz

Facebook: fb.com/rozmetov.uz

Telegram: t.me/rozmetov_official

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top