12:35 / 20.05.2020
8150
O‘zbekistonda aprel oyida 76 kishi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 336tani tashkil etdi, shundan o‘lim bilan bog‘liq YTHlar - 64ta.

Foto: kp.ru

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati O‘zbekiston hududida 2020 yilning 1-30 aprel kunlari sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari soni 336tani tashkil etdi, shundan o‘lim bilan bog‘liq YTH - 64ta.

Yo‘l-transport hodisalari oqibatida 76 kishi vafot etdi, 334 nafar fuqaro tan jarohati oldi. Bolalar ishtirokida 38ta, piyodalar ishtirokida 168ta, mast haydovchilar ishtirokida 8ta, og‘ir oqibatli 4ta YTH ro‘y berdi. 

Top