09:56 / 20.05.2020
17334
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi 

2019 yilning shu davrida 79 614 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 96 727 dona.

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-aprel oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 79 614 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 96 727 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-aprel oylarida 25 081 dona Nexia T-250, 23 694 dona Cobalt, 17 907 dona Lacetti-Gentra, 17 561 dona Damas, 10 365 dona Spark hamda 2 119 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 1 719 dona, 2020 yilda - 1 237.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 63,8 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 77,1.

2020 yil yanvar-aprel oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 456 donani tashkil etdi (2019 yilda - 164).

Top