10:00 / 20.05.2020
29196
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2900ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 25 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 20 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2880 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5tasi oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar bilan bog‘liq.

Shuningdek, xorijdan kelgan 20 kishida virus aniqlangan. Ularning 5 nafari 14 may kuni charter reys bilan Sankt-Peterburgdan, 10 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantin markaziga joylashtirilgan. Yana 5 bemor xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi, haydovchilarning 2 nafari qozog‘istonliklar. 

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma'lumot berishicha, ayni paytda 48 mingdan ortiq fuqaro karantin muddatlarini o‘tayapti. Ularning 17 mingdan ortiqrog‘i statsionar sharoitida, qolgan 31 ming nafari uy sharoitida karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

19 may kuni 13 mingga yaqin virusologik tekshiruvlar o‘tkzailgan, shu vaqtgacha respublikadagi mavjud virusologik laboratoriyalarda 528 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazilgan.

19 may kuni jami 64ta yangi zararlanish holati qayd etilgan, 24 bemor sog‘aygandi.

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda jami 2338 kishi koronavirusdan sog‘aygan.

Hozirda shifoxonalarda 529 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top