20:45 / 20.05.2020
26422

Senator Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga rektor bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga rektorlar tayinlandi.

Hukumat qarori bilan Oral Aminovna Ataniyazova Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori etib tayinlandi.

Senator Oral Ataniyazova ko‘p yillardan buyon Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali direktori hisoblanardi.

Shuningdek, Gulchehra Shovkatovna Rixsiyeva Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining rektori etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Gulchehra Rixsiyeva 2019 yil iyunida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori etib tayinlangandi. 2020 yilning aprelida prezidentning «Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra ushbu institut Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti sifatida tashkil etildi.

Mavzuga oid
Top