14:34 / 20.05.2020
10871

Xorazmda Cobalt va Spark to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 13 may kuni soat 21:00larda 24 yoshli X.X. Cobalt rusumli avtomashinada Urganch shahar Jayxun ko‘chasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 23 yoshli D.U.ning boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir qilgan.

Natijada, Spark avtomashinasi haydovchisi D.U., olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan fuqaro X.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top