22:08 / 21.05.2020
13602

Alisher Usmonov Namangandagi ehtiyojmand oilalarga 12,5 milliard so‘m ajratdi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Namangandagi 5 ming oilaga 12,5 mlrd so‘mlik yordam ajratdi.

«Tadbirkor Alisher Usmonov Namangan viloyatidagi qariyb 5 ming oilaga jami 12,5 milliard so‘mlik moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi. Namangan shahridagi 3000, Chust tumanidagi 1000, Namangan tumanidagi 997ta xonadon yo‘qlangan. O‘rganishlar davomida yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan. 

Milliarder tomonidan ajratilgan mablag‘ «O‘zmilliybank» plastik kartalariga o‘tkazilib, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, sektor vakillari va bank xodimlari tomonidan mazkur oilalar vakillariga yetkazib berildi», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmatida.

Bundan avvalroq Alisher Usmonov tomonidan ajratilgan 2,5 milliard so‘m Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi 1000ta oilaga 2,5 million so‘mdan taqsimlab berilgani xabar qilingandi.

Top