00:01 / 21.05.2020
19846
Dunyoda bir kun ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord o‘sish qayd qilindi

Dunyo bo‘yicha bir kun ichida 106 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalindi. Bu pandemiya boshlangandan beri eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: EPA

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

“Oxirgi 24 soat ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 106 mingta yangi holat qayd qilindi. Bu pandemiya boshidan beri eng katta bir kunlik o‘sishdir”, deb ta'kidlab o‘tgan Gebreyyesus.

Uning ta'kidlashicha, past va o‘rta daromadga ega davlatlarda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani alohida xavotir uyg‘otadi. Shu sababli, JSST tibbiy vositalar sog‘liqni saqlash tizimi ishchilari va bemorlarga o‘z vaqtida yetib borishi uchun ularning yetkazilishiga katta ahamiyat ajratmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 5 mln.dan oshib ketdi, undan 327 mingdan ko‘proq kishi vafot etgan. Shu bilan birga, sog‘ayib ketganlar soni 2 mln.ga yaqinlashib qoldi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top