17:17 / 21.05.2020
12045
Forbes Rossiyaning eng boy merosxo‘rlari ro‘yxatini e'lon qildi 

Eng boy merosxo‘rlar ro‘yxatiga 20ta oilaning 281 nafar farzandi kiritildi.  

Foto: Anton Novoderejkin / TASS

Rossiyalik milliarderning farzandi meros sifatida o‘rtacha 1,56 mlrd dollar olishi mumkin, deb yozmoqda Forbes. Agarda Rossiyaning eng boy 103 biznesmeni boyligini (439 mlrd dollar) ularning barcha farzandlariga (281 nafar) teng bo‘lib berilsa ana shu summa chiqadi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilga solishtirganda Rossiyada milliarderlar soni o‘zgarishsiz qoldi, ammo milliarderlarning farzandlari soni kamaydi —boyligi 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan tadbirkorlar ro‘yxatidan 23 nafar farzandi bilan bankir Roman Avdeyev chiqib ketdi.

Eng boy merosxo‘rlar reytingiga 20ta oilaning farzandlari kiritildi.

Reytingni o‘tgan yilgi kabi Yusuf Alekperov boshqarmoqda, unga 18 mlrd dollar meros tegadi.

Undan tashqari, reytingdan quyidagilar joy oldi:

  • «Novatek» va «Sibur» kompaniyalarining asosiy egasi Leonid Mixelsonning o‘g‘li va qizi —10,1 mlrd dollardan;
  • Ural tog‘-metallurgiya kombinatining asosiy aksiyadori Iskandar Mahmudovning o‘g‘li — 9 mlrd dollar;
  • «Yevroxim» va SUEK kompaniyalari egasi Andrey Melnichenkoning qizi va o‘g‘li —7 mlrd dollardan;
  • Novolipetsk metallurgiya kombinati egasi Vladimir Lisinning ikki o‘g‘li va qizi —6,7 mlrd dollardan;
  • Ural tog‘-metallurgiya kombinati bosh direktori Andrey Kozitsinning qizi — 6,3 mlrd dollar;
  • «Novatek» va «Sibur» kompaniyalarining egasi Gennadiy Timchenkoning ikki qizi va o‘g‘li — 5,8 mlrd dollardan;
  • «Renova» egasi Viktor Vekselbergning qizi va o‘g‘li — 5,5 mlrd dollardan;
  • Dog‘istonlik senator Sulaymon Karimovning ikki qizi va o‘g‘li — 5,3 mlrd dollardan;
  • «Interros» egasi Vladimir Potaninning uch o‘g‘li va ikki qizi — 4,7 mlrd dollardan;
  • MMK egasi Viktor Rashnikovning ikki qizi — 4,2 mlrd dollardan;
  • LUKOYL hammuassisi Leonid Fedunning qizi va o‘g‘li —3,8 mlrd dollardan;
  • «Magnit» tarmog‘i asoschisi Sergey Galitskiyning qizi — 3,5 mlrd dollar;
  • «Uralkaliy»ning sobiq egasi Dmitriy Ribolovlevning ikki qizi — 3,3 mlrd dollardan;
  • «Severstal» egasi Aleksey Mordashovning to‘rt o‘g‘li va ikki qizi —3 mlrd dollardan;
Top