08:01 / 21.05.2020
9246

Iroqda al-Bag‘dodiyning ehtimoliy vorisi qo‘lga olindi - OAV

Iroq maxsus xizmatlari IShID terrorchi tashkilotining yangi ehtimoliy rahbari – Abdulloh Qardoshni qo‘lga oldi.  

Foto: alsumaria.tv

Bu haqda Alsumaria telekanali xabar berdi.  

“Bugun [20 may kuni] terrorchi Abdul Nosir Qardosh hibsga olindi, u jinoyatchi al-Bag‘dodiy o‘rnini egallashga nomzod hisoblangan. U ishonchli ma'lumot asosida hibsga olingan”, deyilgan Iroq razvedkasi bayonotida.

Ta'kidlanishicha, Abdulloh Qardosh va Abu Umar at-Turkmaniy nomlari bilan ham ma'lum bo‘lgan terrorchining haqiqiy ismi Amir Muhammad Said Abdulrahmon al-Movul bo‘lib, u 1976 yil Iroqda tug‘ilgan va Mo‘sul universitetida shariat bo‘yicha tahsil olgan.

Qardosh “Al-Qoida” saflariga kirgan va uning asosiy g‘oyachilaridan biri bo‘lgan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Qardosh 2019 yil oktyabrda IShIDning avvalgi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy yo‘q qilingandan bir necha soat o‘tgach terrorchi tashkilotning yangi yetakchisi etib tayinlangan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, al-Bag‘dodiy Qardosh bilan 2004 yil AQShning Iroqdagi turmasi Kemp-Bukkada o‘tirganda tanishgan.

U 2015 yildan AQShning terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Vashington uning boshi uchun 5 mln dollar mukofot puli e'lon qilgan.

Mavzuga oid
Top