10:00 / 21.05.2020
25839
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2950taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 11 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 21 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2950 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 7tasi oldindan karantinda bo‘lganlar bilan bog‘liq.

Shuningdek, xorijdan kelgan 5 kishida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) koronavirus aniqlangan.

20 may kuni 84ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 34 bemor tuzaldi.

Shu vaqtgacha 2372 kishi koronavirusdan butunlay sog‘aydi.

Hozirda shifoxonalarda 565 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top