22:35 / 21.05.2020
12469

Shavkat Mirziyoyev Andijondagi «Zamonaviy qishloq» loyihasi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga safari chog‘ida «Zamonaviy qishloq» loyihasi taqdimoti bilan ham tanishdi.

Paxtaobod tumani Bo‘stonobod qishlog‘i hamda Qo‘rg‘ontepa tumani «Yangi hayot» mahallasi uchun ishlab chiqilgan dastlabki rejaga muvofiq, qishloq hududlarga zarur muhandislik kommunikatsiyalari tortilib, ko‘p qavatli uylar quriladi. Ular, avvalo, bir uyda ko‘pchilik bo‘lib yashayotgan oilalar, shuningdek, aholining muhtoj qatlamiga beriladi.

Shavkat Mirziyoyev bu borada Andijon tajribasini yaratish kerakligini ta'kidladi. Buning uchun alohida loyiha ishlab chiqish, «Zamonaviy qishloq»dagi uylarni boshqa turar joylarga nisbatan arzon qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, viloyatda kambag‘allikni qisqartirish, ipoteka kreditlari asosida yakka tartibdagi uylarni qurish-ta'mirlash loyihalari muhokama qilindi.

Mavzuga oid
Top