18:54 / 21.05.2020
7841

Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarda hech qanday o‘g‘rilik sodir etilmagan – IIV

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov Sardobadagi suv toshqinidan talafot ko‘rgan hududlarda o‘g‘irlik jinoyatlari qayd etilayotgani haqidagi xabarlar asossizligini ma'lum qildi.

Foto: Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati

«Ijtimoiy tarmoqlarda talafot ko‘rgan hududlarda o‘g‘irlik jinoyatlari qayd etilayotganligi to‘g‘risidagi noo‘rin va asossiz ma'lumotlar tarqaldi. Shuni alohida qayd etish kerakki, dastlabki sarosima paytida fuqarolar o‘z qo‘shnisi yoki mahalladoshlarining qarovsiz qolgan yoki suv ostida qolib ketishi xavfi bo‘lgan uy hayvonlarini o‘zlariga tegishli bo‘lgan yuk avtomashinalarida xavfsiz hududlarga ko‘chirishgan va ular saqlanayotgan joylar to‘g‘risida mahalla idoralari hamda ichki ishlar organlari xodimlariga tegishli ma'lumotlar berilgan.

Talafot yetgan hududlarda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan kecha-yu kunduz olib borilgan qator profilaktik chora-tadbirlar natijasida, birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Ushbu hududlarda huquqbuzarliklar sodir etilishi oldini olish maqsadida, tadbir boshidan 309 nafar muqaddam sudlangan hamda 106 nafar profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan tegishli profilaktik ishlari amalga oshirildi», deya ma'lumot berdi G‘iyosov.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top