15:48 / 21.05.2020
9176

Tokio bosh prokurori favqulodda holat rejimini buzgani uchun iste'foga chiqmoqchi

Mamlakat adliya vaziri Masako Mori ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borilayotgani, Xiromu Kurokavaga nisbatan "qat'iy intizomiy choralar" ko‘rilishini ma'lum qilgan.

Foto: EPA-EFE/KIMIMASA MAYAMA

Tokio prokuraturasi rahbari Xiromu Kurokava Shukan Bunshun jurnalida uning favqulodda holat rejimini buzgani to‘g‘risida xabar chop etilganidan so‘ng iste'foga chiqishga qaror qildi.

Avvalroq Shukan Bunshun magazine nashri u 1 va 13 may kunlari "Sankey simbun" gazetasining ikki muxbiri va "Asaxi Simbun" gazetasi xodimlari bilan pul tikib majong o‘ynaganini yozgandi.

OAVning ma'lumot berishicha, Kurokava ushbu holatlar ro‘y berganini tan olgan. U iste'foga chiqqani to‘g‘risida bayonot berishi kutilmoqda.

Tokioda koronavirus tarqalishi sababli favqulodda holat e'lon qilingan va odamlardan zaruriyat bo‘lmasa uydan chiqmaslik so‘ralmoqda.

Mamlakat adliya vaziri Masako Mori ushbu holat bo‘yicha surishtiruv olib borilayotgani, Kurokavaga nisbatan "qat'iy intizomiy choralar" ko‘rilishini ma'lum qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top