22:53 / 21.05.2020
5916
Tramp qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha Rossiya bilan yangi kelishuv imzolanishi mumkinligini aytdi

Avvalroq Tramp AQSh ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini e'lon qilgandi.

AQSh pprezidenti Donald Tramp AQSh va Rossiya qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha yangi kelishuv imzolashi mumkinligini aytdi.

"Ehtimol qurollanish ustidan nazorat bo‘yicha Rossiya bilan yangi kelishuv tuzishga erisharmiz, balki bunda Xitoy ham ishtirok etar. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin", - dedi Tramp jurnalistlarga.

Avvalroq Tramp AQSh ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishini e'lon qilgandi.

"Rossiya bilan munosabatlarimiz juda yaxshi deb o‘ylayman, ammo Rossiya shartnomaga amal qilmadi. Ular amal qilmas ekan, biz shartnomadan chiqamiz. Ammo yangi kelishuvga erishishimiz uchun yaxshi imkoniyat bor", dedi u.

Ochiq osmon bo‘yicha shartnoma 1992 yilda imzolangan va sovuq urushdan so‘ng Yevropadagi ishonchni mustahkamlash bo‘yicha choralardan biri bo‘lgandi. U 2002 yildan buyon amal qiladi va shartnomaga a'zo mamlakatlarga bir-birlarining qurolli kuchlari hamda tadbirlari to‘g‘risida ochiq ma'lumot olish imkonini beradi. Shartnomani 34 davlat imzolagan.

Top