09:49 / 21.05.2020
3186

Yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 53 trln so‘mni tashkil etdi

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida barcha viloyatlarda kamayish sur'atlari kuzatildi. 

Respublika bo‘yicha 2020 yilning yanvar-aprel oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 53,07 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 9,9 foizga kamaydi. 

Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 9,1 trln so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining tovar aylanmasi 43,8 trln so‘mni, shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 3,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 21,6 foiz ulush bilan 11,4 trln so‘mni tashkil etdi. 

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida barcha viloyatlarda kamayish sur'atlari kuzatildi. Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari hissasiga 82,7 foiz va yirik korxonalar hissasiga 17,3 foiz to‘g‘ri keldi. 

Respublika chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Sirdaryo viloyati 2,0 foiz ulush bilan 1,07 trln so‘mni tashkil etdi. 

Chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2020 yil yanvar-aprel oylari yakuniga ko‘ra, 43,8 trln so‘mni tashkil etib, 2019 yil yanvar-aprel oylariga nisbatan 12,8 foizga kamaygan. Jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi esa 82,7 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Namangan, Andijon viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori bo‘lgan. 

Mavzuga oid
Top