10:21 / 21.05.2020
12672
Zarafshonda yuk mashinasi teplovoz bilan to‘qnashdi

Hodisa natijasida yuk mashinasi haydovchisi tan-jarohati olib, shifoxonaga murojaat etgan. Avtomashina va teplovozga jiddiy zarar yetgan.

2020 yilning 18 may kuni soat taxminan 16:50da fuqaro H.O. boshqaruvida ishonchnoma asosida bo‘lgan “MAN” yuk tashuvchi avtomashinada “Yangi Zarafshon” MFY hududidan Zarafshon shahri tomon harakatlanib kelayotgan bo‘lgan.

«Oltin vodiy» gazetasining xabar berishicha, u Zarafshon shahri hududidan o‘tgan A-379 avtomobil yo‘lini kesib o‘tgan 8-sonli temir yo‘l kesishmasidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan yo‘l kesishmasini kesib o‘tishi natijasida Temir yo‘l transport boshqarmasiga qarashli temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan teplovoz uni yurib yuborgan.

Yo‘l transport hodisasi natijasida “MAN” rusumli avtomashina haydovchisi H.O. tan-jarohati olib, shifoxonaga murojaat etgan. Shuningdek, “MAN” rusumli avtomashina va teplovozga jiddiy zarar yetgan.

Top