00:28 / 22.05.2020
3866
Apple kompaniyasi iPhone uchun operatsion tizimning pandemiya hisobga olingan versiyasini chiqardi

Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari uchun mo‘ljallangan iOS operatsion tizimining pandemiya sharoitida yuz bergan o‘zgarishlar hisobga olingan yangi versiyasini chiqardi. 

Foto: REUTERS

Jumladan, iOS 13.5 versiyasi niqob taqqan odamga telefonni tez blokdan chiqarishga imkon beradi. Shuningdek, unda Google bilan birgalikda yaratilgan, koronavirusga chalinganlar bilan aloqalar haqidagi ogohlantirishlar tizimi Expose Notification joriy qilingan.

iOSning yangi versiyasi foydalanuvchilar niqobda bo‘lganda o‘z qurilmalarini ochishga urinishda duch kelgan muammoni hal qilgan.  Operatsion tizimning avvalgi versiyalarida yuzni tanish tizimi niqob taqqan odamni ko‘rgach, parolni kiritish ekraniga o‘tishdan avval bir necha marta xato chiqargan. Yangi versiyada esa u niqobdagi odamni bir zumda tanib, parol kiritish ekranini darhol chiqaradi.

Top