09:51 / 22.05.2020
20415
Belarusda Chevrolet brendi ostida UzAuto Motors avtomobillari savdosi boshlandi
Foto: UzAuto Motors

Belarus Respublikasi avtomobil bozorida Chevrolet brendi ostida taqdim etilgan ilk modellar Spark, Nexia va Cobalt modellari bo‘ldi.

Avtomobillarning birinchi partiyasi «Multimotors» avtomarkaziga yetkazib berildi, u Chevrolet brendining premial avtomobillari rasmiy dileri sanaladi va endilikda UzAuto Motors bilan ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha yangi dilerlik kelishuvini imzoladi. 

UzAuto Motorsning Belarusdagi sherigi va ommaviy segmentdagi Chevrolet avtomobillarining rasmiy dileri «Multimotors» kompaniyasi qayd etishicha, ushbu avtomobillarning asosiy afzalligi narx va sifatning ajoyib mutanosibligi, jumladan komplektatsiyasidir.

Tashqi bozorlarda Chevrolet brendidan foydalanish huquqi UzAuto Motors'ga jahon avtosanoatining yetakchilaridan biri – General Motors kompaniyasi o‘rnatgan standartlarga to‘liq mos keluvchi avtomobillarning yuqori sifatiga erishilgani uchun taqdim etildi.

UzAuto Motors kompaniyasi Belarus, Qozog‘iston va Rossiya esport bozorlarida Chevrolet brendi ostida avtomobillar sotishni boshlab yuborgan.

Telegram: t.me/uzauto_official

Facebook: fb.com/UzAuto

Instagram: @uzauto_official

Sayt: www.uzavtosanoat.uz

Reklama huquqi asosida

Top