13:38 / 22.05.2020
11277
Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Bugun Eron hududidan O‘zbekistonning shimoliy va janubiy hududlariga quruq va iliq havo oqimi kirib keladi. 

Respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni 28-31 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya'ni 33-35 darajani tashkil etadi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 23-24 may kunlari O‘rta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15-18 daraja, kunduzi 35-37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa 38-40 darajagacha ko‘tariladi. 

Qayd etilishicha, bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.

Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.

Top