09:13 / 22.05.2020
2928
O‘zbekiston AKT sohasiga 676 mln dollarlik xorijiy investitsiyalarni jalb qilmoqchi

2020-2022 yil mobaynida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasidagi loyihalarga 676,8 million dollarga teng investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan. 

2020-2022 yillarida AKT sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

2020-2022 yil mobaynida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasidagi loyihalarga 676,8 million dollarga teng investitsiyalarni jalb qilish rejalashtirilgan. 

Ular: 

2020 yilda umumiy qiymati 178,7 million dollar, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 139,2 million dollar, davlat kafolati ostidagi kreditlar – 37,5 million dollar;

2021 yilda umumiy qiymati 241,7 million dollar, shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 171,9 million dollar, davlat kafolati ostidagi kreditlar — 67,7 million dollar.

2022 yilda esa loyihalarning umumiy qiymati 256,4 million dollarga teng mo‘ljallangan bo‘lsa, shulardan 180,1 million dollarni to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, davlat kafolati ostidagi kreditlar esa 73,1 million dollarni jalb qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ta'kidlanishicha, prezidentning 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-son «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaroriga muvofiq, 2020-2022 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 17,6 trillion so‘m bo‘lgan 35 ta ustuvor loyihalar amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur loyihalarning 44,8 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar hisobidan, 33 foiz davlat kafolati ostidagi kreditlar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Top