10:03 / 22.05.2020
51139
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 3 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 39 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 22 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3006 nafarni tashkil qilmoqda.

Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 5 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 6 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 28 nafari esa aholi orasidan qayd etildi.

Aholi orasidan aniqlangan holatlarning 13 nafari Samarqand, 15 nafari esa Navoiy viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan», deyiladi vazirlik xabarida.

21 may kuni jami 28ta yangi zararlanish holati qayd etilgan, shundan 20 holat aholi orasida, Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlarida aniqlangandi. 

Shuningdek, so‘nggi bir kunda 35 bemor sog‘aydi (barchasi Toshkent shahrida) va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 2407 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatdagi shifoxonalarda 586 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top