23:16 / 22.05.2020
75466
Toshkent viloyatida ham aholi orasida koronavirusga chalingan shaxs aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 8 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2020 yil 22 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3036 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Navoiy viloyatida, 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan bo‘lib, infeksiya yuqtirgan yana 1 nafar fuqaro esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Kasalligi qayd etilganlarning 7 nafari aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat'iy karantinga olingan.

Ayni paytgacha O‘zbekistonda 2492 kishi Covid-19`dan sog‘aygan. Bu - jami bemorlarning 82 foizini tashkil etadi.

Hozirda shifoxonalarda 531 bemor davolanyapti. Qurbonlar 13 nafar.

Karantin yumshatila boshlagach, aholi orasida ham koronavirusga chalinganlar kuzatila boshladi. Bugun, 22 may kuni 69ta yangi holat qayd qilingan bo‘lsa, shundan 46 nafari aholi orasida aniqlangan.

21 mayda karantindan tashqarida 20ta, jami 28ta yangi holat qo‘shilgandi.

Bunga qadar Navoiy va Samarqand viloyatlarida ham aholi orasida Covid-19 yuqtirib olganlar qayd etilgan edi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top