20:25 / 22.05.2020
14707
Tramp koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz bergudek bo‘lsa AQShni yopishdan bosh tortdi 

AQSh prezidenti Donald Tramp agar kuzda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini yuz bergudek bo‘lsa, hukumat qat'iy cheklovlar kiritmasligini va mamlakatni yopmasligini ma'lum qildi. 

Foto: Leah Millis / Reuters

Tramp bu haqda jurnalistlar bilan uchrashuv davomida ma'lum qilgan, deb xabar berdi The Hill nashri.

AQSh prezidentining ta'kidlashicha, koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berishi ehtimoli yuqori. “Bu standart. Biz olovni o‘chirmoqchimiz. Biz mamlakatni boshqa yopmoqchi emasmiz”, deb aytgan prezident.  

Tramp, shuningdek, mamlakat infeksiyaning keyingi avj olishini bosa olishiga ishonchi komilligini aytgan. “Bu cho‘g‘lanib turgan ko‘mir yoki olov bo‘ladimi, biz uni o‘chiramiz, ammo mamlakatimizni yopmaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp.

Aprelda AQShning bir nechta shtatlari koronavirus pandemiyasi sharoitida mislsiz qadamlarni amalga oshirib, o‘z chegaralarida nazorat punktlari o‘rnatgan va o‘z hududlarini deyarli yopishgan. Misol uchun, Florida va Texasda patrullar ushbu shtatlarda yashamaydigan amerikaliklardan tashrif vaqtida 14 kunlik karantindan o‘tish majburiyatini imzolash va ular to‘xtamoqchi bo‘lgan joy manzilini berishni talab qilishgan.

Joriy haftada AQShning barcha shtatlari koronavirus sababli kiritilgan barcha cheklovlarni yengillashtirishga tayyorlik bildirgan. Ba'zi korxonalarga odamlar ish joylariga qayta olishlari uchun ishlab chiqarishni boshlashga ruxsat berilgan. Ushbu qarorlar Arizona, Shimoliy Karolina, Texasda kasallanish holatlari ko‘payganiga qaramay qabul qilingan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top